"Lokomotiv" Samuel Ope bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
27 iyul 2021, 18:05
"Lokomotiv" matbuot xizmati himoyachi Samuel Ope bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

22 yoshli nigeriyalik futbolchi bunga qadar "Lokomotiv" mashg'ulotlarida ishtirok etayotgandi. Bugun esa u klub bilan shartnoma tuzdi. Birinchi davrada "Oq-tepa" tarkibida o'ynagan Ope mavsumning ikkinchi yarmini "Loko" tarkibida o'tkazadi. Klub matbuotining yozishicha, u 22-raqamli libosda o'ynaydi.




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати