“Lokomotiv" matbuot xizmati: “Atletiko”dagi yigitlar, iltimos, keyingi safar Google Translate’dan foydalanmang”

Eldor Akmurzayev
3 noya 2020, 20:25
Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida bugun “Lokomotiv” o'z maydonida “Atletiko”ni qabul qiladi.

Uchrashuv oldidan “matraschilar” o'z sayti orqali raqib jamoa futbolchilari haqida ma'lumot berishda adashdi va bunga moskvaliklar e'tibor qaratishdi. Jumladan, “Loko” himoyachisi Artur Chyorniy “Atletiko” saytida Arthur Negro deb berildi. Shuningdek, ular bergan ro'yxatdan hozirda “Rotor”da ijarada bo'lgan Solomon Kverkveliya va “Atalanta”ga transfer bo'lgan Aleksey Miranchuk ham joy oldi.

“Atletiko”dagi yigitlar, iltimos, keyingi safar Google Translate’dan foydalanmang”, deya ushbu xatoliklarga munosabat bildirgan “temiryo'lchilar” matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” – “Atletiko” uchrashuvi 22:55 da start oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/fclokomotiv_eng