"Lokomotiv" futbolchisining goli Tojikiston termasiga "Merdeka Kubogi" sovrinini taqdim qildi

Mirjalol Normatov
17 okt 2023, 23:33
Bugun Malayziyada ananaviy tarzda tashkillashtirib kelinayotgan "Merdeka Kubogi"ning final o'yini bo'lib o'tdi.

Unda yarim finalda Hindiston termasidan ustun kelgan Malayziya hamda finalda to'g'ridan-to'g'ri qatnashgan Tojikiston termalari kuch sinashdi. Bahsda tojikistonlik futbolchilarning qo'li baland keldi, 2:0.

Bahsning 44-daqiqasida "Lokomotiv"ning tojikistonlik futbolchisi Rustam Soirov hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim yakuniga 2 daqiqa qolganida Shaxrom Samiev so'nggi nuqtani qo'ydi.

Malayziya - Tojikiston 0:2

Gollar: Rustam Soirov, 44 (0:1). Shaxrom Samiev, 88 (0:2).

Ushbu uchrashuvda, shuningdek, "Neftchi" himoyachisi Zoir Jo'raboev, "Lokomotiv" qanot himoyachisi Manuchexr Safarov, "Buxoro"dan Muhammadjon Rahimov kabi futbolchilar ham ishtirok etishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia