"Liverpul" - "Manchester Siti" ishi yopildi

Mirjalol Normatov
7 fev 2020, 20:59
Angliya futboli assotsiatsiyasi "Liverpul"ning "Manchester Siti"ni xufiyona ravishda kuzatib yurgani borasidagi ishlarni yopdi.

2013 yilda "shaharliklar" "qizillar"ni klubning skautlik tizimi saytini buzib kirib, ichidagi ma'lumotlarni o'zlashtirgani borasida ayblov qo'ygandi. Shu orqali ikki klub o'rtasida skautlar tez-tez almashib turdi. Keyinchalik "Liverpul" jarima sifatida "Manchester Siti"ga 1 mln funt to'lagandi.

"Dalillarni o'rganganidan keyin FA ushbu ishni davom ettirmaslikni lozim ko'rdi. Bu ikki klubning masalalari muddatiga ham bog'liq bo'lib qoldi. Agarda ikki klub yana qandaydir dalillarni keltirishsa, ish qaytadan ochiladi", - deyiladi rasmiy bayonotda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express