"Liverpul" Byokema bo'yicha taklif bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
4 may 2026, 11:40
"Liverpul" "Napoli" himoyachisi Sam Byokemaga da'vogarlik qilmoqda.

Bu haqda "AreaNapoli" xabar berdi.

Manbaning so'zlariga ko'ra, ingliz jamoasi bosh murabbiyi, uning vatandoshi Arne Slot 27 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferini amalga oshirishga harakat qilmoqda. "Qizillar" hozirgi o'yinchilari uchun qo'shimcha raqobat yaratish maqsadida yangi markaziy himoyachi qidirmoqda.

"Liverpul"ning Byokema uchun taklifi 28 million evroni tashkil qiladi. "Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte bu foydali kelishuvga qarshi emas.

Byokema "Napoli"da 2025 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda va uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. U 2025/26 yilgi mavsumda 31 o'yinda 1 ta gol urdi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 25 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AreaNapoli