"Liverpul" "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvda klub tarixidagi eng yosh tarkibni maydonga chiqaradi

18 dek 2019, 00:34
Jamoaning 127 yillik tarixidagi eng yosh tarkib bugun maydonda harakatlanadi.

Bir necha daqiqalardan keyin Angliya liga kubogi 1/4 final bosqichi doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvda maydonga chiqadigan futbolchilarning o'rtacha yoshi 19 yil 6 oy-u 3 kunni tashkil qiladi. Bunga sabab jamoaning barcha tajribali futbolchilari Qatarda o'tkazilayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga jo'nab ketganligidir. 

"Liverpul": Kellexer, Xuver, Boyes, van den Berg, Gallaxer, Chirivelya, Kristi-Devis, Keyn, Longstaff, Xill, Elliott

Zahira: Uinterbottom, Kleyton, Dikson-Bonner, Birn, Klarkson, Norris, Styuart.


Manba: championat.asia