

"Kristal Pelas" - "Manchester Siti" 1:4
Gollar: 17, 85 - Erling Holand, 54, 59 - Rayan Sherki, 56 - Janluiji Donnarumma (avtogol)
“Kristal Pelas”: 1. Din Xenderson, 6. Jeydi Kanvo, 26. Kris Richards, 17. Takexiro Tomiyasu (5. Aksel Disasi, 74’), 25. Anan Xalaili (30. Oskar Mingesa, 77’), 20. Adam Uorton, 18. Daiti Kamada, 3. Tayrik Mitchell, 9. Eddi Nketia (11. Duayt Maknil, 68’), 10. Yeremi Pino (12. Saver Goso, 68’), 22. Yyorgen Strann Larsen (29. Evann Gessan, 63’).
Zaxira: 44. Valter Benites, 2. Daniel Munos, 19. Uill Xyuz, 8. Xefferson Lerma.
“Manchester Siti”: 1. Janluiji Donnarumma, 3. Ruben Diash, 24. Yoshko Gvardiol (8. Mateo Kovachich, 75’), 6. Mark-Izrael Gexi, 33. Niko O'Rayli (22. Vitor Reys, 89’), 45. Abduqodir Husanov (61. Keyden Breytueyt, 89’), 47. Fil Foden, 42. Antuan Semeno, 5. Elliot Anderson (32. Ayyub Buaddi, 82’), 9. Erling Holand, 10. Rayan Sherki (56. Rayan Makaydu, 82’).
Zaxira: 28. Xeronimo Ruli, 21. Rayan Ait-Nuri, 30. Klaudio Echeverri, 82. Riko Lyuis.
Ogohlantirishlar: 33 - Rayan Sherki, 55 - Elliot Anderson, 68 - Anan Xalaili
90+5. O'yin yakunlandi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
88. “Man Siti” oxirgi daqiqalarda ham tinmayapti.
85. Ha, o'yin taqdiri hal bo'lib ulgurdi. Buyog'iga “Kristal Pelas”ga yanada qiyin bo'ladi.

84. GOL! Holanddan ham dubl! Foden markazni yorib kirib, to'pni Erlingga uzatdi, norvegiyalik hujumchining zarbasi golga aylandi!
83. Hozirgina zaxiradan tushgan Makayduning zarbasi noaniq bo'ldi.
80. “Siti”ning zaxirasi boy emas, jamoadan yozda ko'plab futbolchilar ketdi. Kovachich - zaxiradan tushishga asosiy nomzod bo'lib turibdi shu kunlarda, masalan.
77. Qiziq holat ro'y berdi, “Kristal Pelas” futbolchisi o'zgartirilayotganda maydonni kechroq tark etdi, shu bois jamoa chamasi uch daqiqacha 10 kishi bo'lib o'ynadi.
64. To'p nazorati bo'yicha ustunlik “shaharliklar”da, ular hisobni yanada yiriklashtirishmoqchi.
63. “Kristal Pelas” futbolchining zarbasidan so'ng bo'lgan gol muallifi “Man Siti” posboni nomiga avtogol sifatida yozilibdi.
60. Dahshat o'yin, besh daqiqada uchta gol ko'rdik!

59. GOL! Sherkidan dubl! Rayanning uzoqdan yo'llagan zarbasi rekoshetga uchrab, golga aylandi!
57. Hisob qisqardi, intriga ortdi!

56. GOL! Pinodan fantastik gol! Yeremining jarima zarbasidan yo'llagan to'pi avval darvoza to'siniga, so'ng Donnarummaga tegib, darvoza to'ridan joy oldi!
55. Vaziyat yanada qiyinlashdi mezbonlar uchun.

54. GOL! Sherki hisobni oshirdi! Rayan bir necha himoyachini aldab o'tib, darvozaga ohista zarba berdi va gol urdi!
53. Andersonning darvoza tomon yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
47. Semenoning zarbasiga raqib himoyachisi blok qo'ya oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+1. Semeno va Sherkining ajoyib kombinaciyasi yakunida Rayan darvozaga zarba berdi, Xenderson to'pni ushlab oldi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
45. Xalailining uzoqdan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.
38. Semenoning chap o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi rekoshetga uchradi va darvozabon bartaraf eta oldi.
34. “Kristal Pelas” faollikni oshirmoqda, navbatdagi zarba Mitchelldan bo'ldi, ammo aniq bo'lmadi.
33. Larsenning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi…
28. Sherkining o'tkir burchakdan uzatgan to'pini Foden bosh bilan darvozaga yo'lladi, biroq kuchsiz chiqdi.
21. Foden o'ziga uzatib berilgan to'pni kuchli zarb bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq ketdi…
18. Gol o'tkazib yubordi “Kristal Pelas”, buyog'iga yanada faollashishi kerak.

17. GOL! Holand hisobni ochdi! Havolatib uzatilgan to'pni Erling boshi bilan parashyut uslubida darvozaga joylab qo'ydi!
15. Uchrashuv avvalida maydon egalari faoldek ko'ringandi, hozir esa “shaharliklar” to'p nazoratini o'ziga olgan.
6. Eliotning zarbasini darvozabon qaytardi, so'ng mezbonlar jarima maydonchasida palapartishlik yuz berdi, biroq hech to'pni darvozaga kirita olmadi.
2. Nketianing zarbasidan so'ng to'pni Donnarumma qaytardi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning 2-turi doirasidagi "Kristal Pelas" - "Manchester Siti" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



