Leonid Fedun "Spartak" prezidentligidan ketdi

Alisher
22 avg 2022
Leonid Fedun Moskvaning "Spartak" klubi prezidentlik postidan ketdi.

U Moskva klubi akciyadorlari tarkibidan chiqdi va "Spartak-Moskva FK" AJ prezidenti, a'zoligi va direktorlar kengashi raisligini topshirdi.

"Lukoyl" Leonid Fedunning klub rivoji, uning infrastrukturasi va sport muvaffaqiyatlariga qo'shgan hissasini yuqori baholaydi. Kompaniya bir asr davomida "Spartak"ning bosh asoschilari, murabbiylari, sportchilari va millionlab muxlislar armiyasi tomonidan shakllantirilgan ananalarni saqlab, ularni ko'paytirishga harakat qiladi", - deyiladi "Lukoyl" matbuot xizmati xabarida.


AlisherMuallif
Manba: lukoil.ru