

Lempard jamoasi so'nggi 3 o'yinda umumiy 12:0 hisobida g'alaba qozondi.
Shuningdek, Lempard shogirdlari hali ligada mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.
"Koventri" 19 ochkoga ega va 9 uchrashuvdan keyin Chempionshipda mag'lubiyatga uchramagan holda yetakchilik qilyapti. Ulardan keyingi o'rinlarda "Midlsbro" (18 ochko), "Lester" (16 ochko), "Preston" (16 ochko) va "Stok Siti" (15 ochko) bormoqda.
Lempard "Koventri" boshqaruviga 2024 yilning noyabrida kelgandi. Jamoa o'tgan mavsum Chempionshipda 4-o'rinni o'rinni egallagan, ammo APLga chiqish uchun pley-offda "Sanderlend"dan engilgandi.



