Lautaro Martines uchun "Barselona"ga raqobatchi topildi

Alisher
30 okt 2019, 10:34
"Manchester Yunayted" "Barselona" bilan "Inter" forvardi Lautaro Martines uchun raqobatga kirishishga tayyor.

Kataloniyaliklar 22 yoshli o'yinchiga ushbu yozdan beri jiddiy qiziqib qolishgan.

Taxminlarga ko'ra, Lautaro "ko'k-anorranglilar" tarkibida Luis Suaresning o'rinbosari sifatida ko'rilmoqda.

Hozirda futbolchining shartnomasida uning tovon puli 110 million evro deb ko'rsatilgan.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi o'yinchisi "Inter"ga o'tgan yil Avelyanedaning "Rasing" klubidan o'tgan edi.



AlisherMuallif
Manba: Football Espana