"Lacio" germaniyalik futbolchi uchun "Milan" bilan kurashadi

24 iyun 2020, 01:05
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin, deya xabar qildi Calciomercato.

Oldinroq Gyotcening "Borussiya" safida boshqa maydonga tusholmasligi to'g'risida xabar qilingandi. 

Italyan klublari oldidagi yagona muammo futbolchining maoshi bo'lib turibdi. Mario yiliga 10 mln evro ish haqi olishni istayapti. Bunga qadar unga "Gerta" va "Nicca" klublari da'vogarlik qilayotgani haqida ma'lum qilingandi.


Manba: Calciomercato