

29 yoshli darvozabon 2002 yildan beri "echkilar" tarkibida faoliyat olib borayotgandi. Futbolchining professional debyuti 2012 yil Germaniyaning ikkinchi darajali ligasida sodir bo'lgan. Umuman olganda, futbolchi "Kyoln" tarkibida 329 ta o'yin o'tkazgan. Joriy mavsum esa Xorn klub safida faqatgina Germaniya kubogining birinchi bosqichi doirasida "Yan Regensburg" jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushgan.



