Kunde bu safar terma jamoa bazasiga qanday libosda tashrif buyurdi?

Aslanov Jasurbek
11 noya 2024
Jyul Kunde tanqidlardan so'ng Fransiya terma jamoasi tasarrufiga o'zga uslubdagi libosda keldi.

"Barselona" himoyachisi milliy jamoa bazasiga qora qalpoq, qora shim va Fransiya terma jamoasining 1992 yildagi libosiga o'xshash vintaj ust kiyimda keldi.

Eslatib o'tamiz, Kundening avvalgi kiyinishi bahslarga sabab bo'lgandi. Jerom Roten va Jan Mishel Larklarning tanqidiga uchragan Jyul quyidagi gapni aytgandi: "Keyingi yig'inga sport libosida kelaman, so'z beraman".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com