Konfederatsiyalar Kubogi emblemasi taqdim etildi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2016
Bugun 2017 yilda Rossiyada o'tadigan konfederatsiyalar Kubogining emblemasi taqdim etildi.

Musobaqa o'yinlari 2017 yilning 17 iyunidan 2 iyuligacha Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochidagi stadionlarida bo'lib o'tadi.

Konfederatsiyalar kubogi har to'rt yilda FIFA homiyligida o'tkaziladi. Unda turnir musobaqa mezboni, amaldagi jahon chempioni va o'z qitasidagi (Yevropa, Janubiy Amerika, Shimoliy va Markaziy Amerika, Afrika, Osiyo-Okeaniya) turnirda g'olib bo'lgan 6 jamoa ishtirok etadi. Hozirgacha sakkiz ishtirokchining beshtasi aniq: Rossiya, Germaniya, Avstraliya, Chili va Meksika.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com