Klopp MYUni emas, "Liverpul"ni tanlagani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
24 may 2018, 10:58
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Mirror” jurnalisti Robbi Faulerga intervyu berdi.

"Romantik futbolni yaxshi ko'raman. Qiyin ahvolda qolayotgan "Liverpul"ga yordamim tegishini bilgandim.

O'sha vaqtlarda "Liverpul"da muammolar katta edi, biroq men buni to'g'rilay olishimga ishondim: "Men shu klubning bosh murabbiyi bo'laman“.

2015 yilda menga "Manchester Yunayted"dan ham taklif bo'lgandi. Biroq ularga qaraganda "Liverpul"da muammolar ko'proq bo'lganligi uchun shu jamoani tanlagandim", - dedi Klopp.

Yurgen Klopp 2015 yilning oktyabr oyida Dortmundning "Borussiya"sidan iste'foga chiqib, "Liverpul" boshqaruvini o'z qo'liga olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror