Klopp 7 yil oldingi gaplari nohaq bo'lganini tan oldi

Mirjalol Normatov
11 avg 2023, 21:43
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppga 2016 yilgi intervyusini eslatishdi.

O'shanda "Manchester Yunayted" 105 mln evro evaziga Pol Pogbani sotib olgandi. Shundan keyin germaniyalik mutaxassis hech qachon 100+ million evroga futbolchi sotib olmasligini, aks holda futboldan kyetishini aytgandi.

Ayni damda "Liverpul" "Brayton" futbolchisi Moyses Kaysedoni 110 mln funtga sotib olishga yaqin turibdi. Bu summa APL tarixidagi rekord bo'lishi kutilmoqda.

"Barchasi o'zgardi. Bu menga yoqyaptimi? Yo'q. O'shanda nohaq bo'lganmanmi? Ha.

Agarda odamlar 7 yil oldingi gaplarimni eslatishsa, nohaqligimni tan olaman", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal