Klinsmann, Nagelsmann yoki Vagner Bayer bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
7 mar 2017
Bayer rahbariyati yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Yulian Nagelsmann, Devid Vagner va Yurgen Klinsmanndan biri yozda ushbu klubni boshqarishi mumkin.

Nagelsmann ayni paytda Xoffenxaymni, Vagner Xaddersfildni boshqarmoqda. Klinsmann kuzda AQSH terma jamoasidan ketgandi.

Yaqinda Tayfun Korkut Bayer ustoziga aylangandi. Ushbu murabbiyning shartnomasi yozga qadar amal qiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de