Klinsmann Bundesliga klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Alisher
27 noya 2019, 18:01
"Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann "Gerta" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

55 yoshli germaniyalik mutaxassis xorvatiyalik Ante Chovichning o'rnini egalladi.

Klinsmann oldinroq Germaniya terma jamoasi (2004-2006), AQSH terma jamoasi (2011-2016) va "Bavariya" (2008-2009)da ishlagan.

Eslatib o'tamiz, "Gerta" oktyarb oyi boshidan beri yutmayapti. Klub Bundesligadagi 12ta o'yinda 11 ochko jamg'argan holda 15-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/herthabsc