Keyrush: “Eron termasining Qozonda to'p tepishidan xursandman”

2 dek 2017, 02:39
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush JCH-2018 qur'a yakunlarini tahlil qildi.

“Qozon men uchun muhim manzil. Bu yerda uchrashuv o'tkazishimizdan xursandman. Bu biz uchun katta sharaf. Men “Qozon-arena”da bo'lganman – ajoyib stadion.

Guruhimiz chakki emas. Ispanlar va portugallar bilan bo'ladigan o'yinlar... Bunda nimalardir muhim. Ushbu ikki jamoaning bizning guruhdan joy olishi – hayajonli daqiqalar. Hech bo'lmasa Rossiya termasi bilan bir guruhda joy olishni istagandim, ammo qur'a bizga bunday imkoniyatni bermadi. Portugaliya va Ispaniyaga qarshi o'ynashdan baxtiyormiz.

Azmun? Agar unda terma jamoa yetakchisi bo'lish uchun imkoniyat bo'lsa, u albatta bundan foydalanadi”, deya Keyrushning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Tatar-inform” agentligi.


Manba: Татар-информ