Kevin Miralyas yangi klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
31 avg 2019
Yarim himoyachi Kevin Miralyas faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettiradi.

Futbolchi erkin agent maqomida "Antverpen" bilan shartnoma imzoladi. Bitim 1 yilga imzolandi.

"Everton"ning sobiq o'yinchisi o'tgan mavsum ijara asosida "Fiorentina"da harakat qildi. U A Seriyaning 27ta o'yinida maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

Kevin faoliyati davomida "Everton" va "Fiorentina"dan tashqari "Lill", "Sent-Eten" va "Olimpiakos" klublarida o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2007 yildan buyon Belgiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/official_rafc