Kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan futbolchi Germaniyada gol urdi

Narzulla Saydullayev
25 apr 2019, 14:16
Germaniya III Bundesligasida kuni kecha 34-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan Manuel Yancer to'p tepayotgan Braunshveygning "Ayntraxt" klubi safarda "KFK Urdingen 05"ni safarda mag'lub etdi. Uchrashuvning 21-daqiqasida aynan Yancer hisobni ochdi va yakunda jamoasi 3:0 hisobida zafar quchdi. Bu o'yinda Yancer 71 daqiqa harakat qildi.

Ayni paytda "Ayntraxt" 40 ochko bilan 20ta jamoa orasida 14-o'rinda bormoqda.

Ma'lumot uchun, Manuel Yancerning ota-onasi O'zbekistondan Germaniyaga ko'chib ketishgan. Futbolchi yaqinda saytimiz muxbiriga intervyu bergandi va unda O'zbekiston terma jamoasida to'p tepishga tayyorligini aytgandi.


 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia