Karrasko: "Yevropaga qaytmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
27 mar 2019
Xitoy Superligasining "Dalyan Ifan" klubi yarim himoyachisi Yannik Ferreyra Karrasko chempionatni tark etmoqchi ekanligini aytdi.

"Yevropaga qaytmoqchiman. Ko'plab klublar menga qiziqish bildirdi. Yanvarda "Dalyan Ifan"ni tark etishga harakat qildim, ammo klubdagilar qolishimni istashmoqda" - deydi belgiyalik futbolchi.

Karrasko 2018 yilning yanvarida "Atletiko"dan Xitoy klubiga o'tgan edi. Qishki transfer oynasida unga "Milan", "Inter" va "Arsenal" qiziqish bildirgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Star