Karrager APLning eng yaxshi markaziy himoyachisi kimligini aytdi

Aslanov Jasurbek
21 avg 2018
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "qizillar" futbolchisi Virjil van Deyk o'yini haqida fikr bildirdi.

"Van Deykni yaxshi futbolchi sifatida taniyman, ammo u kutganimdan ham kuchliroq chiqdi. Biz ko'pincha "Liverpul" himoyasi tufayli APLda g'olib bo'la olmasligi haqida bahslashar edik, biroq endi ularda liganing eng yaxshi himoyachisi van Deyk bor.

Undan kuchliroq ko'ringan himoyachini eslay olmayman. U so'nggi to'rt yilda o'zini yetakchi sifatida ko'rsatgan Vensan Kompaniya poziciyasini egalladi. Ular bir-biriga o'xshaydi, bu ikki futbolchida kamchilik yo'qdek. Uch yil oldin Kompani o'zining eng yaxshi formasida bo'lganida, undan kuchliroq markaziy himoyachi yo'q edi.

Agar keyingi uch yoki to'rt yil ichida "Liverpul" chempionat yoki Chempionlar ligasida g'olib chiqsa, van Deyk Alan Xansen kabi jamoaning eng yaxshilaridan biri bo'ladi" - deydi Karrager.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports