Karim Benzema "Real"ni tark etmasligini aytdi

Оқил Абдубарноев
15 iyun 2022
"Real Madrid"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema klubni tark etmasligini aytdi.

Madridliklar hujumchisi boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

"Boshqa jamoaga o'tmayman, chunki "Real Madrid" dunyodagi eng yaxshi klub.

La Ligadan yaxshiroq chempionat yo'q”, - dedi Benzema.

Eslatib o'tamiz, fransiyalik forvard yakulangan mavsum "qaymoqranglilar" safida Chempionlar ligasida g'alaba qozondi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Onze Mondial