Kapello: "Barella Yevropaning eng yaxshi uch yarim himoyachisidan biridir"

Alisher
1 mar 2021, 14:38
Taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kapello "Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella haqida gapirdi.

"Men Nikoloni Yevropa futbolidagi top-3 yarim himoyachilar orasida deb hisoblayman. Barella ajoyib tarzda maydonni ko'radi va o'yin tezligini belgilaydi. U barchasini yaxsh bajaradi.

Nikolo to'pni ajoyib tarzda boshqaradi va shundan so'ng hujumga uzatadi. Ushbu futbolchining kelishi bilan "neradzurrilar" o'zgardi", - deydi Kapello.

Barella joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia