Kandreva: "Inter" A Seriya jadvalining yuqorisida bo'lishi kerak"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2016, 20:25
Inter futbolchisi Antonio Kandreva Milanga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ajoyib derbi. Biz ko'proq g'alabaga loyiq edik. "Milan"ning ikkala goli ham qarshi hujumlarda ro'y berdi. Himoyaviy o'yinimiz ustida ishlashimiz kerak. Biz turnir jadvalining yuqori qismida bo'lishimiz lozim. Ushbu o'yinimizni saqlab qolgan holda olg'a intilishimiz lozim. Chunki, ajoyib o'yin ko'rsatdik", - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia