Kandela: "Roma" uchun Kontedan ko'ra Spaletti yaxshi, ammo Garsiyani saqlab qolish to'g'ri"

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2016, 17:43
"Roma" sobiq yarim himoyachisi Vinsent Kandela "bo'rilar" murabbiyi kim bo'lishi haqida fikr bildirdi.

"Konteni yoqtirmayman. Agar "Roma"ga murabbiy chaqirishmoqchi bo'lishsa bu Spaletti bo'lishi kerak. "Roma" futbolchisi sifatida Konteni jamoam zaxira o'rindig'ida ko'rishni istamas edim. U "Yuventus" bilan skudettoni ketma-ket uch marotaba yutishi, Konte "Roma" bilan ham shunday g'alaba qozona oladi degani emas. "Yuve" bilan har qanday murabbiy zafar qucha oladi. Menga ko'proq Spaletti yoqadi.

To'g'risini aytsam, "Roma" Rudi Garsiyani saqlab qolishi kerak, chunki u o'z kamchiliklarini biladi va ularni ustida ishlayapti. Rimliklar yetakchidan bor-yo'g'i 4 ochko ortda va ular o'z orzularini amalga oshirishi mumkin" - deydi Kandela.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia