Kan Riberini "Bavariya"ga taklif qildi

Оқил Абдубарноев
21 okt 2022, 21:47
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Frank Riberi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgani haqida xabar bergandik.

"Bavariya"ning afsonaviy darvozaboni Oliver Kan Riberini klubning mamuriy lavozimga taklif qilmoqda.

- Sen “Bavariya”ning afsonasiga aylangansan. Kelgusi faoliyatingda eng yaxshi tilaklarni tilayman. Shuni yodda tut - sening uying shu yerda, biz seni kutamiz", - deb yozdi Oliver ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Riberi 2007 yildan 2019 yilgacha "Bavariya"da to'p tepgan. Faoliyatining so'nggi yillarida u Italiyaning "Fiorentina" va "Salernitana" jamoalarida o'ynadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/oliverkahn