Jota safga qaytishga yaqin

Alisher
23 fev 2021, 08:15
"Liverpul" vingeri Diogu Jota safga qaytishga yaqin.

Futbolchi chorshanba kuni umumiy guruhdagi mashg'ulotlarda ishtirok etishi kutilmoqda.

Agar muammolar bo'lmasa, portugaliyalik futbolchi 28 fevral kuni bo'lib o'tadigan "Sheffild"ga qarshi o'yinda ishtirok etadi.

24 yoshli vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi. Jota tizzasidagi jarohat sabab 2020 yilning 9 dekabridan beri o'ynamaydi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph