Jota qoyilmaqom natija qayd etyapti

23 noya 2020, 02:14
"Liverpul" APL 9-turida "Lester"ni mag'lub qildi (3:0).

APL. "Liverpul" ortiqcha qiyinchiliksiz "Lester"ni mag'lub etdi 

"Tulkilar" darvozasiga kiritilgan 2-gol Diogu Jotaning nomi yozildi. Bu gol hujumchi uchun "Liverpul" tarkibida maydonga tushgan so'nggi 6 o'yinidagi 7-si bo'ldi - "Atalanta" (5:0) darvozasiga xet-trik, "Sheffild" (2:1), "Midtyulland" (2:0) va "Vest Xem" (2:1) bilan o'yinlarda bittadan.

Bundan tashqari, 23 yoshli Diogu "Liverpul" tarixida jamoa uchun maydonga tushgan dastlabki 4 uy uchrashuvida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.


Manba: championat.asia