Jon Terri: “Mourinyo “Liverpul”ni nomini tilga olmasdi”

25 apr 2020, 00:59
“Chelsi”ning sobiq sardori Jon Terri londonliklarni Joze Mourinyo, mersisaydliklarni Rafael Benites boshqargan vaqtda ushbu ikki jamoa o'rtasidagi qarama-qarshilini yodga oldi.

“Har ikkala murabbiy bu bahsga katta e'tibor qaratishar edi.Yodimda, bir yili biz chempionlikni muddatidan oldin qo'lga kiritib bo'lganimizdan so'ng “Liverpul” bilan kuch sinashishimiz lozim edi. Biz ulardan 20-3 ochkona ilgarilab ketgandik. Joze “Liverpul”ga qarshi o'yin oldidan nimalar degani yodimda. U bizga “hech qanaqasiga ularga mag'lub bo'lmasligimiz kerak” degandi. U hattoki “Liverpul” so'zini aytolmasdi. “Siz ularni mag'lub etishingiz kerak, siz ulardan yaxshiroqsiz” degani esimda. Haligacha uni bu gaplari xotiramda saqlanib qolgan”, deyadi Terri.

Mourinyo ilk marta “Chelsi” boshqaruviga kelganida 2004-2007 yillarda jamoaga ustozlik qilgan.


Manba: Sky Sports