Jiru Anrining rekordini takrorlashiga oz qoldi

Aziz Tukhtamuradov
23 sen 2022, 10:10
Olive Jiru Fransiya terma jamoasida gol urish bo'yicha Terri Anriga yetib olmoqda.

Millatlar ligasi doirasida Avstriyaga qarshi kechgan uchrashuvda 35 yoshli hujumchi Fransiya terma jamoasi safidagi 49-golini urdi. 

51 ta gol urib Fransiya terma jamoasi rekordchisi hisoblanadigan Anriga yetib olishga ikkita gol qoldi. 

Anri Fransiya terma jamoasi safida 123 ta o'yin o'tkazgan. Jiru esa 113-uchrashuvda maydonga tushdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta