"Jenoa"da yangi sport direktor ish boshladi

Sherzod Nurmatov
11 dek 2021, 21:00
Genuya klubi kadr tayinlovini amalga oshirdi.

"Jenoa" sport direktori lavozimini Yoxannes Spors egalladi.

Oldinroq 39 yoshli germaniyalik "Vitess"da xuddi shu lavozimda ishlagan. U yerda u butun Niderlandiya chempionati tarixidagi eng yosh sport direktori bo'lgandi. Spors ilgari Germaniyaning "Xoffenxaym", "RB Leyptsig" va "Gamburg" klublarida skaut sifatida faoliyat ko'rsatgan.

"Jenoa" Italiya chempionati 16-turidan so'ng turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: genoacfc.it