JCH saralashdagi raqibimiz Singapur Ar Riyodga yetib bordi

Xayrulla Xoliqov
31 may 2021
Ma'lumki, O'zbekiston milliy terma jamoasi joy olgan guruh o'yinlari markazlashgan tartibda Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.

JCH saralash ikkinchi bosqichdagi raqibimiz Singapur terma jamoasi Ar Riyod shahriga yetib bordi. Xalqaro aeroportda singapurlik futbolchilar tantanali ravishda kutib olindi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Singapur bahsi 7 iyun kuni "Qirol Fahd" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi. 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: Championat.asia