Jan-Per Papen: "PSJning haqiqiy quroli Neymar emas, Mbappe"

Aslanov Jasurbek
23 apr 2019
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Jan-Per Papen joriy mavsum Liga 1da 30ta gol urgan hujumchi Kilian Mbappening o'yiniga baho berdi.

"PSJning haqiqiy quroli Neymar emas, Mbappe. So'nggi ikki yil ichida Neymar bazi-bazida o'zini ko'rsatdi, Mbappe esa mavsum davomida yuqori darajada o'yin namoyish etdi.

U har tomonlama o'smoqda. Mbappe nega qanotda o'ynashini tushunmayman. U tezkor va raqiblarini oson aldab o'tishiga etiroz yo'q. Biroq u hujumdagidek xavfli emas.

Kilian bosh bilan o'ynay olmaydi. Ammo vaziyat bo'lganda boshni ishga solish kerak. Menimcha, u mashg'ulotlarda buning ustida ishlamayapti. Chap oyoqda ham kam gol uradi" - deydi Papen.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien