Italiya terma jamoasidan antirekord

Italiya milliy terma jamoasi Millatlar ligasi musobaqasi doirasida o'z maydonida Portugaliya (0:0) qarshiligini engga olmadi.

Milandagi “Juzeppe Meacca” stadionida kechgan bahsa “moviy gvardiya” vakillari raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi. Natijada italiyaliklar o'z tarixlarida ilk marta o'z maydonida qatorasiga olti o'yinda g'alaba qozona olmadi.

Italiya terma jamoasi so'nggi marta 2017 yilning 5 sentyabrida o'z maydonida JCH-2018 saralashi doirasida Isroil (1:0) termasini mag'lub etgandi. Shundan buyon ketma-ket oltita bahsda Makedoniya (1:1), Shvetsiya (1:1), Gollandiya (1:1), Polsha (1:1), Ukraina (1:1) va Portugaliya (0:0) Manchini shogirdlari g'alaba qozona olishmayapti.


Manba: GracenoteLive