"Istanbul Bashakshexir" "Everton" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Mirjalol Normatov
5 sen 2021, 14:14
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

"Foot Mercato" xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga "Istanbul Bashakshexir" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Turk klubi kolumbiyalik futbolchining mavsumi yakuniga qadar ijarasi borasida taklif ham jo'natgan.

O'tgan mavsumda Xames APLning 23 o'yinida qatnashib, 6 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Foot Mercato