Ispaniyaning mag'lubiyatsiz seriyasi nechta o'yinga etdi?

Narzulla Saydullayev
14 okt 2024, 17:01
Ispaniya terma jamoasi 12 oktyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Daniyani 1:0 hisobida taslim qildi.

Luis De la Fuente boshchiligidagi "Qizil furiya"ning rasmiy uchrashuvlardagi mag'lubiyatsiz seriyasi 18 ta o'yinga etdi: 16 ta g'alaba, 2 ta durang.

So'nggi bor Ispaniya terma jamoasi rasmiy o'yinlarda (o'rtoqlik uchrashuvlari hisobga olinmagan) 2023 yilning 28 mart kuni EVRO-2024 saralashi doirasidagi Shotlandiyaga qarshi bahsda yutqazgan.

Ispaniya navbatbagi bahsni maydonida 15 oktyabr kuni Serbiyaga qarshi o'z o'tkazadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia