Ispaniya terma jamoasi 1950 yildagi natijasini takrorladi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2018, 13:40
Ispaniya terma jamoasi Xorvatiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi (2:3).

Ispaniyaliklar turnirning avvalgi bahsida ham Angliyaga xuddi shunday hisobda mag'lub bo'lgan edi.

Ispaniya terma jamoasi so'nggi marta 1950 yilda ketma-ket ikkita rasmiy o'yinda uchta va undan ko'p gol o'tkazib yuborgan edi. O'shanda Braziliyadagi jahon chempionatida ispanlar mezbonlarga (1:6) va Shvetsiya terma jamoasiga (1:3) mag'lub bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com