"Inter" Nagatomoni sotib yubordi

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2018
"Inter" yaponiyalik himoyachi Yuto Nagatomoni turk klubiga sotdi.

Yaponiyalik futbolchi faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettiradi.

31 yoshlik himoyachi yarim mavsum turk klubi safida ijarada o'ynadi. Istanbul klubi Nagatomo transfer huquqini to'liq sotib oldi.

Yaponiyalik "Inter" safida 8ta mavsumda 213ta o'yin o'tkazib, 13ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru