"Inter" Manolas uchun 50 mln. evro berishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2017
"Inter" himoyachi Kostas Manolas uchun "Roma" talab qilayotgan 50 mln. evroni berishga rozi bo'ldi.

Agar kutilmagan voqea yuz bermasa, "Inter" mavsum oxirida "bo'rilar"ga rasmiy taklif yuboradi.

Oldinroq 25 yoshli gretsiyalik "Inter" bilan 5 yillik bitim borasida kelishuvga erishgan edi.

Manolas va "Roma" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia