Ingliz klubi totalizator o'ynagan bosh murabbiyni ishdan haydadi

21 okt 2019, 09:01
“Uimbldon” klubi jamoa bosh murabbiyini ishdan bo'shatdi.

Bunga sabab sifatida 58 yoshli Uolli Daunsning totalizator o'ynaganli ko'rsatilgan. Avvalroq Dauns Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan 4 haftaga futboldan chetlatilgandi. U 2013-2019 yillar oralig'ida 8 ta o'yinga pul tikkanlikda aybdor deb topilgan. Endi murabbiy chetlatish barobarida 3 ming funt jarima to'lashi kerak. Uning diskvalifikaciyasi esa 14 noyabrda yakuniga etadi.


Manba: Sport Express