Iker Kasilyas Sara Karbonero bilan xayrlashdi

Aziz Tukhtamuradov
13 mar 2021, 08:48
Ispaniyalik sobiq darvozabon Iker Kasilyas turmush o'rtog'i Sara Karbonero bilan ajrashdi.

Bu haqida Sara Karbonero Instagramdagi sahifasida e'lon qildi. 

"Sirimizni hurmat qilishingizni so'raymiz. Bu bizning yagona bayonotimiz. Tushunganingiz uchun rahmat", - deb yozadi Sara. 

Ma'lumot uchun, Kasilyas va Karboneroning to'yi 2016 yili bo'lib o'tgan. Juftlik bungacha 7 yil uchrashib yurgan. Ularning ikki nafar farzandi bor. 


Mavzuga aloqador: Iker va Sara o'rtasidagi muhabbat: Qizni o'tkazib yuborilgan golda ayblashgan, JCHda xatto qirol ularga qarsak chaldi



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: instagram.com/saracarbonero