Ibragimovich qizil kitobga kiritilgan sherni o'ldirishda ayblanmoqda

Mirjalol Normatov
6 apr 2021, 00:55
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich 2011 yili Janubiy Afrikaga safari chog'ida sher ovlagani uchun tanqid qilinmoqda.

"Expressen" xabariga ko'ra, o'ldirilishidan oldin sher qafasda ushlab turilgan va ovchi kelganidan keyingina ovlanishi uchun ozodlikka chiqarilgan. Faqatgina maxsus ruxsatnomasi bor insongina uni ovlashi mumkin bo'lgan.

Tekshiruvlarga ko'ra, Shvetsiyada 80ga yaqin insonda shunday ruxsatnoma bor va ular doimiy ravishda safari ovlariga chiqib turishadi. Ibragimovichning o'zi esa buni muhokama qilishdan bosh tortdi.

Eslatib o'tamiz, 39 yoshli shved intervyularida o'zini sherga qiyoslaydi. Uning belida ushbu jonzotning tatuirovkasi tushirilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Expressen