Husniddin G'ofurov: "Yavor" safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rdik"

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2016, 15:47
Serbiya Superligasida ishtirok etuvchi "Yavor" klubida o'zbekistonlik hujumchi Husniddin G'ofurov to'p tepishidan xabaringiz bor.

Biz yangi mavsum oldidan hamyurtimiz bilan suhbatlashdik.

"Yangi mavsumga tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Ivanicada o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdik. "Mordoviya", "Napredak" va "Rudar" kabi klublarga o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdik.

Klubning yangi mavsum uchun maqsadi yuqori natijalarga erishib tarixiy sahifa ochish. Mening maqsadim esa klubga foyda keltirib kelajakda Yevropaning kuchli klublaridan biriga o'tish", - deydi Husniddin G'ofurov.

Eslatib o'tamiz, "Yavor" Serbiya Superligasining yangi mavsumini 23 iyul kuni safarda "Radnik Surdulica" klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia