Gvardiola Kloppga sovrinlar almashishni taklif qildi

Alisher
26 noya 2019, 13:50
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp bilan hazillashdi.

"Yurgen Klopp Angliya chempionatini yutishni xohlamoqda, men esa Yevropa chempionlar ligasini xohlayman.

Shunday ekan, biz sovrinlarni almashishimiz mumkin", - deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar o'tgan mavsum YCHLni, manchesterliklar esa Angliya chempionligini qo'lga kiritishgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo