"Guanchjou Evergrand" "Roma" yetakchisiga davogar

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2018
"Roma" yarim himoyachisi Raja Naynggolan klubini o'zgartirib, faoliyatini "Guanchjou Evergrand"da davom ettirishga yaqin turibdi.

Jamoalar ustozlari Eusebio Di Franchesko va Fabio Kannavaro bu transferga ruxsat berishdi.

Belgiyalik 6 oy "Guanchjou Evergrand" safida ijarada to'p tepadi, yozda esa xitoyliklar uni 50 mln. evroga sotib oladi. Klublar bunday yo'l tutishganining sababi - ular Xitoy futbol federatsiyasiga transfer solig'ini to'lamoqchi emas.

Naynggolanning yillik shartnomasi 12 mln. evro bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport