Gruziyadan 8 ta gol qabul qilib olgan Tailand futbolchilari och qoldirildi

Sherzod Nurmatov
17 okt 2023, 19:04
Mamlakat futbol federatsiyasi qattiq tanqid qilindi.

Tailand terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Gruziya va Estoniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgandi.

Dastlabki o'yinda osiyoliklar Gruziyaga 0:8 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va ko'pchilikning hafsalasini pir qildi.

Keyinchalik ular Estoniya poytaxti Tallin shahriga 11 soatlik yo'lga chiqishgan. Safar davomida ular oziq-ovqat bilan taminlanmagan, natijada futbolchilar och qolgan.

Shuningdek, federatsiya Yevropaga safarni to'g'ri tashkil etmaganlikda ayblandi. Ketma-ket transportlar almashinuvi va uzoq vaqt yo'l bosish o'yinchilarning toliqishiga ham sabab bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia