Grinvud: “Muxlislar va Sautgeytdan uzr so'rayman”

Eldor Akmurzayev
8 sen 2020
Angliya termasidagi debyut o'yinlarini Islandiyaga (1:0) qarshi o'tkazgan Meyson Grinvud va Fil Foden karantin qoidalarini buzishgandi.

Aniqrog'i, ular mazkur uchrashuvdan keyin mehmonxonaga engil tabiat qizlarni taklif etishgan va bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lgandi. Dushanba kuni esa Grinvud va Foden terma jamoa lageridan haydaldi.

“Voqeadan o'zimga xulosa chiqardim va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so'ramoqchiman. Futbolchilar va murabbiylarni himoya qilish uchun ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi qoidalarni masuliyatsizlik bilan buzdim. Garet Sautgeytdan kechirim so'rayman, u menga bildirgan ishonchini oqlay olmadim. Bu mening aybim. Oilam va muxlislarga bu vaziyatdan saboq olaman deb vada beraman”, deydi 18 yoshli futbolchi,


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: manutd.com