Grey "Bayer" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldi

Alisher
27 yanv 2021, 17:38
"Lester" yarim himoyachisi Demaray Grey faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Angliyalik futbolchi Leverkuzenning "Bayer" klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.

Qayd etish kerakki, "Kristal Pelas" ham shartnomasi iyunda yakuniga etadigan "Lester" o'yinchisiga qiziqish bildirgandi.

Grey joriy mavsum Angliya chempionati doirasida faqatgina 1ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira